Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sayyoraning eng boy odami o‘zgardi — Forbes

Sayyoraning eng boy odami o‘zgardi — Forbes

Forbes jurnali o‘zining yillik reytingida birinchi marta Ilon Maskni sayyoradagi eng boy odam deb tan oldi.

Uning boyligi 219 milliard dollarga baholangan.

Bungacha Ilon Mask faqat Forbes Real Time reytingida birinchi o‘rinni egallagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Forbes 1982-yildan buyon milliarderlar ro‘yxatini muntazam tuzib keladi. AQSh boylari o‘rtasidagi ilk reyting esa uzoq 1918 yilda tuzilgan va unda Jon Rokfeller birinchi o‘rinni egallagan. 

Biroz avval, Mask «Twitter» ijtimoiy tarmog‘i qimmatbaho qog‘ozlarining 9,2 foizini sotib olgani va kompaniyaning eng yirik aksiyadoriga aylangani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring