Seul shahri hokimi bedarak yo‘qoldi
Janubiy Koreya poytaxti — Seul shahrining meri Pak Von Sun bedarak yo‘qoldi. Buni e’lon qilgan politsiya qidiruvni boshlagan. Hokimning yo‘qolgani haqida qizi politsiyaga murojaat qilgan, deyiladi «Younhap» agentligi xabarida.
Qiz otasi yaqinda chiqib ketganini ma’lum qilgan, uyda esa ko‘proq vasiyatnomani eslatadigan xatni topib olgan.
Hokimni qidirishga uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar va politsiya itlari jalb etilgan. Pak Von Sunning telefoni o‘chiq.
Pak Von Sun 64 yoshda bo‘lib, mutaxassisligi — yurist, 2011-yildan beri Seulni boshqarib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter