Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Seysmolog jiddiy ogohlantirish bilan chiqish qildi (video)

Seysmolog jiddiy ogohlantirish bilan chiqish qildi (video)

Turkiyada zilzila bo‘lishini oldindan bashorat qilgan niderlandiyalik seysmolog Frank Xugerbits 2023 yilning mart oyida bir qator kuchli yer silkinishlari kuzatilishini aytdi. SSGEOS ilmiy institutining YouTube kanali uning navbatdagi prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2 va 5 mart kunlari sayyoralarning kritik geometriyasining yaqinlashishi 3-4 mart yoki 6-7 mart kunlari juda katta seysmik faollikka olib kelishi mumkin. Seysmologlar silkinishlar sayyoraning 12 nuqtasida kuzatilib, ularning magnitudasi 8,5 ball va undan yuqori bo‘lishini ta’kidlamoqda.

«Bo‘rttirayotganim yo‘q, qo‘rqitmoqchi ham emasman. Bu shunchaki ogohlantirish, chunki sayyora geometriyasi katta seysmik hodisalarni keltirib chiqaradi», — dedi u.

Qizil zonaga kirgan hududlar ham sanab o‘tilgan: bular Yaponiyaning janubi, Indoneziya, Portugaliya, Gretsiya, Pokiston va Shimoliy Amerikaning bir qismi. Kuril orollarida ham zilzila sodir bo‘lishi prognoz qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada sobir bo‘lgan  7,7 va 7,6 magnitudali zilzilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 45 ming kishidan oshgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring