Shengen zonasiga a’zo mamlakatlar soni bitta ko‘payadi
Zagreb blokning tashqi chegaralaridagi o‘z qismini samarali himoyalay olishiga Bryusselni ishontirganidan so‘ng, Yevropa ittifoqi Xorvatiyani Shengen zonasiga kiritishga rozilik berdi.
Ushbu mamlakatni Shengen bo‘yicha baholash 2016–2020-yillar davomida olib borildi. Yevrokomissiya Xorvatiyani Shengenga qabul qilish uchun tavsiyani 2019-yilning oktyabrida bergandi.
Xorvatiya aynan qachondan boshlab Shengen a’zosiga aylanishi hozircha ma’lum emas. Mamlakat bosh vaziri Andrey Plenkovich Xorvatiya YeI erkin sayohatlar zonasiga 2022-yilda qabul qilinishiga umid qilmoqda.
Ma’lumot uchun: Shengen zonasiga 26 mamlakat, jumladan, YeI a’zosi bo‘lmagan Shveysariya va Norvegiya qo‘shilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter