Shimoliy Koreya ballistik raketasi Yaponiya ustidan uchib o‘tdi
Bugun Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon yana ballistik raketa uchirdi.
Yaponiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Toshiro Inoning so‘zlariga ko‘ra, raketa Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasiga, Xokkaydodan 200 kilometr g‘arbda qulagan.
«Bugun bizning harbiylarimiz, taxminan 17:22 da Shimoliy Koreya tomonidan Pxenyandagi Sunan hududidan uzoq masofali ballistik raketa Yaponiya dengizi tomon uchirilganini aniqladi», deyiladi xabarda.
Mamlakat hukumati rahbari Fumio Kisida idorasi qoshida asosiy vazirlar ishtirokida ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish uchun favqulodda shtab tuzildi.
Hozircha ballistik raketa bilan bog‘liq vayronagarchilik haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter