Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya pul yo‘qligi sabab o‘z elchixonalarini yopmoqda

Shimoliy Koreya pul yo‘qligi sabab o‘z elchixonalarini yopmoqda

Shimoliy Koreya xorijdagi bir qancha elchixonalarini yopmoqchi. Diplomatik vakolatxonalarni saqlash uchun shunchaki pul yo‘q.

The Guardian xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreya xorijiy diplomatik vakolatxonalarning chorak qismini yopishni rejalashtirmoqda. Sanksiyaga uchragan mamlakat iqtisodiyoti endi elchixonalarni saqlash xarajatlarini qoplay olmaydi, deydi nashr.

Qayd etilishicha, missiyalarning qisqarishi hatto KXDR an’anaviy tarzda do‘stona deb hisoblaydigan davlatlarga ham ta’sir qiladi. Shimoliy Koreyaning Uganda va Angoladagi elchilari allaqachon bu davlatlar rahbarlari bilan xayrlashishgan. KXDRning Gonkong va Madriddagi elchixonalari va konsulliklari ham yopildi. Yaqin kunlarda Shimoliy Koreyaning yana sakkiz diplomatik vakolatxonasi o‘z faoliyatini to‘xtatadi.

Ko‘p yillik izolyasiya va qattiq iqtisodiy sanksiyalarga qaramay, Shimoliy Koreya 159 davlat bilan diplomatik aloqalarni saqlab kelmoqda. Yaqin vaqtgacha Shimoliy Koreya 50 ga yaqin davlatda elchixonalari va konsulliklariga ega edi.

Avvalroq KXDR bir qator muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng yana koinotga ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshni uchirishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring