Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Foto: DW

KXDR va Janubiy Koreya chegarasida otishma sodir bo‘ldi, deb xabar berdi «Yonhap» agentligi.

Koreya Respublikasi shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari ma’lum qilishicha, voqea 3-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:41 da yuz bergan.

Demarkatsion chegara markaziy qismida kuzatuv posti (Janubiy Koreyaning) tomon bir nechta o‘q uzilgan. Mavjud qoidadan kelib chiqib, janubiy koreyalik harbiylar shimoliy koreyaliklar tomon ikki marta o‘q uzishgan. Qurbonlar, jarohatlanganlar yo‘qligi ma’lum qilingan, voqea yuzasidan surishtiruv boshlanadi.

Ma’lumot uchun: Koreya yarimoroli rasman urush holatida, chunki 1950—1953-yillardagi Koreya urushi tinchlik bitimi bilan emas, yarashuv bitimi bilan nihoyasiga yetgan. Ikki koreys mamlakatini 38-parallel orqali o‘tgan demarkatsion chegara ajratib turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring