Shimoliy Makedoniyada yetti kunlik motam e’lon qilindi

Shimoliy Makedoniyada yetti kunlik motam e’lon qilindi, deb xabar berdi The Guardian.
Eslatib o‘tamiz, 16-mart kechasi Kochani shahridagi tungi klubda yong‘in chiqib, juda ko‘p yoshlar halok bo‘lgandi. Hozircha mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 59 nafarga yetgan.
Mamlakat politsiyasi voqea yuzasidan 20 kishini tergov qilmoqda, ularning 15 nafari hibsga olingan, qolganlari shifoxonaga tushgan. Shimoliy Makedoniya ichki ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, yong‘in yuz bergan Pulse klubi tegishli litsenziyasiz faoliyat olib borgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Pulse tungi klubidagi konsertga kelib yong‘inda halok bo‘lganlarning aksariyati o‘smirlar va yoshlar bo‘lgan. 155 dan ortiq inson jarohat olgan, ularning ko‘pchiligi juda og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter