Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiya bosh vazirining qotili 34 yildan so‘ng topildi

Shvetsiya bosh vazirining qotili 34 yildan so‘ng topildi

Foto: «Globallookpress.com»

Shvetsiya bosh vaziri Ulof Palmening qotili 30 yildan so‘ng topildi. Bu haqda prokuror Krister Petersson «Reuters» agentligiga ma’lum qildi.

Prokuratura Palme dizayner Stig Engstryom tomonidan o‘ldirilganini aniqladi. Prokuror unga qarshi ayblov e’lon qila olmasligini aytdi. Chunki aybdor vafot etgan. Shu sabab ish yopilgan.

Peterssonning so‘zlariga ko‘ra, qotillik quroli baribir topilmagan. Voqea joyida topilgan o‘qlarni birorta to‘pponcha bilan bog‘lasha olmagan.

Engstryomni Palmening qotilligida gumon qilish uchun guvohlarning ko‘rsatmalari asos bo‘ldi. Dizaynerni politsiyachilar so‘roqqa tutgan: suhbat paytida ko‘rsatmalarida chalkashib ketgan, siyosatchi vafot etgan kuni nima qilganini aniq aytib berolmagan. Engstryom 2000-yilda o‘z joniga qasd qilgan.

Sotsial-demokratiya partiyasi rahbari, Shvetsiya bosh vaziri Ulof Palme 1986-yil 28-fevral kuni Stokgolmda rafiqasi bilan kinodan qo‘riqchilarsiz qaytib kelayotganda otib o‘ldirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring