Shvetsiya va Eron asirlarni almashdi
Eron Yevropa ittifoqi diplomati hamda Shvetsiya fuqarosi Yuxan Floderus hamda ikki fuqarolikka ega (Shvetsiya fuqarosi) Said Aziziyni ozod qildi. Floderus 2022-yil aprelida Tehronda hibsga olingandi. Bular haqida Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson bayonot berdi.
«Shuni quvonch bilan e’lon qilamanki, Yuxan Floderus va Said Aziziy hozir uyga — Shvetsiyaga uchishmoqda va tez orada oilalari bag‘rida bo‘lishadi», — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Buning evaziga Shvetsiya eronlik yuqori lavozimli sobiq amaldor Hamid Nuriyni ozod qildi. Nuriy 1988-yilda Eronda sodir etilgan harbiy jinoyatlar uchun Shvetsiya sudi tomonidan bir umrga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Bayonotga ko‘ra, almashinuv O‘mon vositachiligida amalga oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter