Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiya va Finlyandiya bugun NATOga qo‘shilish uchun shartnoma imzolaydi

Shvetsiya va Finlyandiya bugun NATOga qo‘shilish uchun shartnoma imzolaydi

Shvetsiya va Finlyandiya NATOga qo‘shilish to‘g‘risidagi shartnomani bugun, 5 iyul kuni imzolaydi. Muzokaralar kuni kecha muvaffaqiyatli yakunlangan. Bu haqda NATOning rasmiy saytida ma’lumot tarqatildi.

Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga rasman qo‘shilishi uchun mazkur shartnoma o‘z parlamentlari va alyansga kirgan 30 ta mamlakat parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilinishi talab etiladi.

Bu ikki mamlakat Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirganidan keyin o‘z xavfsizligidan tashvishlanib NATOga a’zo bo‘lish harakatiga tushgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring