Shvetsiyada ham koronavirus aniqlandi

Shvetsiya hududida koronavirusni yuqtirish bo‘yicha birinchi holat tasdiqlandi. Bu haqda bugun, 31-yanvar kuni mamlakat aholisi salomatligini muhofaza qilish agentligi xabar berdi.
Bungacha ham Shvetsiyada bir necha kishi koronavirus infeksiyasida gumon qilinib, kasalxonaga yotqizilgan, biroq ularning hech birida tashxis to‘g‘ri chiqmagandi.
Eslatib o‘tamiz, 31-yanvar tongiga kelib koronavirus oqibatida dunyodan ko‘z yumganlar soni 200 nafardan oshdi, kasallanganlar esa 10 mingga yaqinlashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter