Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiyada qarg‘alarga «farroshlik»ni o‘rgatishmoqchi

Shvetsiyada qarg‘alarga «farroshlik»ni o‘rgatishmoqchi

Shvetsiyaning «Corvid Cleaning» kompaniyasi qarg‘alar yordamida shahar ko‘chalarini mayda chiqindilar va sigareta qoldiqlaridan xalos qilmoqchi.

Xizmati evaziga qushlar ovqat oladi.

Chiqindilarni terish va maxsus avtomatga keltirib tashlash uchun qushlar bosqichli kurslarda o‘rgatiladi.

«Qarg‘alarni o‘rgatish osonroq, ular bir-birlaridan ham o‘rganib olaveradi. Qolaversa, ularning o‘zi chiqindidan zararlanishi ehtimoli ancha past», — dedi «Corvid Cleaning» asoschisi Kristian Gyunter-Xanssen.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring