Shved «dom»larining hovlisiga nazar (foto)

Ushbu suratlarni «Ridus» jamoatchi muxbiri Shvetsiyaning Malmyo shahrini aylanib yurganida olgan ekan. Ko‘rayotganingiz — birinchi duch kelgan uylar va hovlilar.
Quyidagi suratda: oddiy to‘rt qavatli uy, aftidan o‘tgan asrning 70-yillarida qurilgan. Tashqi hovlisida — bolalar maydonchasi, gazon, daraxtlar.
Hech qanaqangi parkovka yo‘q, umuman, bittayam mashina ko‘rinmaydi. Ichki hovlisiga pod’yezd orqali o‘tiladi.
Mana o‘sha pod’yezd. Toza, sarishta.
Bu esa ikki qo‘shni uyning umumiy ichki hovlisi. Velosipedlar juda ko‘p.
Hammayoqda velosipedlar, havo qanday bo‘lishidan qat’i nazar, yilning istalgan faslida bu asosiy transport. O‘zini hurmat qilgan har bir shvedning velosipedi bor. Mashinalarga uncha qiziqishmaydi, turgan gapki, hovlilarni mashinalar band qilmaydi.
Bu esa kim(lar)ningdir mini-bog‘i.
Shundoqqina hovlining o‘zida piknikni boshlab yuborish mumkin: stol, stullar, hatto manqallargacha taxt. Bolalar esa toza havoda mazza qilib arg‘amchi uchishadi!
Bu boshqa hovli, oldingisidan qolishmaydi.
Yana velosipedlar, bolalar maydonchasi, qiziq, mashinalar qayerda?!
Hech kim begonalardan cho‘chimaydi. Velosipedlar, ish qurollari, bolalarning o‘yinchoqlari shundoqqina ochiq hovlida turaveradi.
Shunaqa gaplar. Bu Shvetsiya qirolligi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter