Shveysariya sobiq prezidenti koronavirusdan vafot etdi
Shveysariya sobiq prezidenti Flavio Kotti 81 yoshida vafot etdi. Xabarga ko‘ra, Kotti koronavirusga chalingan edi.
Flavio Kotti o‘z vaqtida mamlakat tashqi ishlar hamda ichki ishlar vazirliklari rahbari bo‘lgan.
«Flavio Kottining vafot etganini bilgach, chuqur qayg‘uga botdim. Uning siyosiy ruhi tashqi ishlar vazirligida abadiy qoladi», — deb yozdi Shveysariyaning hozirgi tashqi ishlar vaziri Ignatsio Kassis «Twitter»da.
Flavio Kotti shveysarcha tizimda ikki marotaba prezident bo‘lgan — bu tizimga muvofiq, hukumatning barcha vazirlari bir yildan mamlakatni prezident sifatida boshqaradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter