Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shveysariyada harbiy xizmatni ham onlayn tarzda o‘tadigan bo‘lishdi

Shveysariyada harbiy xizmatni ham onlayn tarzda o‘tadigan bo‘lishdi

Foto: «Swissinfo»

Shveysariya armiyasi 12 ming harbiy xizmatga chaqiriluvchini jalb qildi, ammo karantin cheklovlari tufayli ularning yarmi onlayn tarzda tayyorgarlikdan o‘tadigan bo‘lishdi, deya xabar berdi «Swissinfo».

18-yanvardan 8-fevralgacha harbiy xizmatga chaqirilganlar kuniga olti soatdan nazariyani o‘zlashtirishadi, haftasiga to‘rt soatdan jismoniy mashqlarni bajarishadi. Masofaviy guruhga yordam berish uchun maxsus mobil ilova yo‘lga qo‘yiladi.

Uch haftadan so‘ng harbiy xizmatga yangi chaqirilganlar boshqa askarlarga qo‘shilishlari mumkin, faqat avval koronavirusga test topshirishlariga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Shveysariyada 19 yoshdan 31 yoshgacha bo‘lgan erkaklar uchun harbiy xizmat majburiy hisoblanadi. Ayollar esa armiyaga o‘z xohishlari bilan yozilishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring