Si Szinpin og‘ir betobmi?

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning xatti-harakatlari u og‘ir kasallikka chalingan deya shubhalanishga asos beradi. Siyosatchi boshini chap tomonga egib yuradi, bu insult oqibati bo‘lishi mumkin, deb yozdi «Kitayskaya ugroza» («Xitoy tahdidi») telegram-kanali.
«Agar insult bosh miyaning harakatlanish qobig‘i yoki inson miyasidagi bazal gangliyalar deb ataluvchi to‘qimalarni shikastlasa, bu bo‘yin mushaklarining, masalan, trapetsiyasimon mushak yoki to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakning bir tomondan kuchli tortilishiga olib keladi», — deyiladi xabarda.
Shunga o‘xshash fiziologik o‘zgarishlar tufayli bosh doimiy tarzda beixtiyor bir tomonga egilib qolishi mumkin.
Xitoy rasmiylari bu xabarga munosabat bildirgani yo‘q, Si Szinpinning betobligiga dalil bo‘luvchi boshqa ma’lumotlar ham mavjud emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter