Sidneyda pichoqli qotil 6 kishining umriga zomin bo‘ldi
Avstraliyada erkak kishi Sidney shahridagi savdo markazida odamlarga pichoq bilan hujum qilishi oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi. Jarohatlanganlar bor — CNN aniqlashicha, 8 kishi, jumladan, bir bola shifoxonaga yotqizilgan.
Pichoq bilan qurollangan jinoyatchini politsiyachilar otib o‘ldirgan.
Politsiya ushbu xunrezlikka aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarni qidirmoqda. Terrorchining maqsadi nima bo‘lgani noma’lumligicha qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter