Sirli kasallik yigitning tanasini sharga aylantirdi
Sujit Kumar ismli hindistonlik yigit 12 yildan beri sirli kasallikdan aziyat chekadi: oqibatda uning qorni anomal darajada kattalashib ketdi, deb yozadi «Daily Mail».
Jurnalistlarga bergan intervyusiga ko‘ra, ilk alomatlar unda yetti yil muqaddam paydo bo‘lgan. Bolani shifoxonaga olib borishgan, lekin doktorlar sababini topisholmagan.
O‘shandan buyon uning qorni o‘sishda davom etgan. U nafaqat noqulaylik, balki og‘riqqa ham sabab bo‘lgan.
Shunga qaramay, hamroh oshqozon-ichak yo‘li kasalliklari — ko‘ngil aynishi, qayt qilish, diareya — unda kuzatilmagan. Kumarga endoskopiya qildirish uchun Nyu-Deliga yo‘llanma berishdi, biroq poytaxtga borish uchun uning puli yetmadi.
Yigitning aytishicha, bolaligi va yoshligi oson kechmagan. Tengdoshlari rosa uning jig‘iga tegishgan, bahaybat qorni tufayli sportning hech qaysi turiga qatnasholmagan. Hozir hayoti iziga tushgan: u velosiped zavodiga mexanik bo‘lib ishga kirgan.
«Menga ishga qatnash yoqadi. Hamkasblarim umuman ustimdan kulishmaydi», — deydi Kumar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter