Siyosatchi Ukraina mojarosining hal bo‘lish shartini aytdi
Ukrainadagi mojaroga faqat Xitoy va AQSh ishtirokida yechim topish mumkin. Bu haqda Italiya sobiq bosh vaziri, Yevrokomissiya sobiq rahbari Romano Prodi bayonot berdi.
«Yoki amerikaliklar va xitoylar kelishuvga kelishadi, yoki tinchlik bo‘lmaydi», dedi u.
Prodi Pekin va Vashington vakillari o‘rtasidagi muloqot «qisman boshlanganini» ta’kidladi. Shu bilan birga, YeKning sobiq rahbari Ukraina inqirozini hal qilishda BMT vositachiligining yo‘qligini jiddiy xato deb atadi.
Siyosatchi xalqaro hamjamiyat jahon tashkilotining bu boradagi rolini nolga tushirganiga aniqlik kiritdi. Shu munosabat bilan u global tuzilmalar o‘z vazifalarini bajarishni to‘xtatsa kelajakda dunyo qay ahvolga kelishi bo‘yicha savolni o‘rtaga tashlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter