Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Siz koinotning bunday suratlarini hech qachon ko‘rmagansiz

Siz koinotning bunday suratlarini hech qachon ko‘rmagansiz

Britaniyalik olimlar koinotning eng katta suratlarini namoyish qilishdi.

Ular «Evklid» zondidan foydalanib, koinotning eng keng 3D xaritasini yaratish ustida ishlamoqdalar. Apparat Yerdan bir million milya uzoqlikda joylashgan nuqtadan beshta yangi tasvirni oldi.

«Bu koinotning eng katta suratlari bo‘lib, ular osmonning katta qismlarini butun tafsilotlari bilan qamrab oladi», — dedi astrofizika professori Mark Kropper.

Ular orasida bizdan 30 million yorug‘lik yili uzoqligidagi spiral galaktikaning surati bor, u bizning Somon yo‘liga o‘xshaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring