Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Slovakiya bosh vaziri endi uy sharoitida davolanadi: unga suiqasd uyushtirilgandi

Slovakiya bosh vaziri endi uy sharoitida davolanadi: unga suiqasd uyushtirilgandi

May oyining o‘rtalarida suiqasd uyushtirilgan Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso uy sharoitida davolanishga o‘tkazildi. Hamkasblarining so‘zlariga ko‘ra, sog‘ligini tiklashi uchun u uzoq muddat davolanishi kerak.

Fitsoning shifoxonadan uyiga javob berilishi haqida u o‘qotar quroldan jarohatlanganida keltirilgan Banska-Bistritsa shahri shifoxonasi ma’muriyati xabar berdi.

30 may kuni shifoxona ma’muriyati Fitso reabilitatsiya jarayonini boshlagani va tibbiy komissiya qarori bilan qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tgani, bu esa uning «salomatligining ijobiy dinamikasi» tasdiqlanganidan darak ekanini ma’lum qildi.

Avvalroq Slovakiya bosh vaziri o‘rinbosari va mudofaa vaziri Robert Kalinyak suiqasddan so‘ng Fitsoning davolanishi jarohatning og‘irligi tufayli uzoq davom etishi mumkinligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso 15 may kuni suiqasdda yaralangan edi. Unga suiqasd uyushtirishda gumon qilingan 71 yoshli yozuvchi Yuray Sintula hujum joyida qo‘lga olingandi. Unga 25 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring