Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kolumbiyada dahshatli portlash: 20 kishi halok bo‘ldi, yana 7 kishi yonib kul bo‘lgani aytilmoqda (Foto)

Kolumbiyada dahshatli portlash: 20 kishi halok bo‘ldi, yana 7 kishi yonib kul bo‘lgani aytilmoqda (Foto)

Foto: «Xakac.info»

Kolumbiyada benzin tashuvchi avtotsisterna portlashi natijasida halok bo‘lganlar soni 20 nafarga yetdi – yana o‘n kishi seshanba va chorshanba kunlari hududdagi shifoxonalarda vafot etishgan, yetti kishi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda, taxminlarga ko‘ra, ular hodisa joyida yonib kul bo‘lishgan, deya ma’lum qilgan mahalliy OAV.

«Hukumatning so‘nggi xabarlariga ko‘ra, Magdalenaning Tasaxera tumanida «Senaga — Barrankilya» magistral yo‘lining chetida yuk mashinasi portlab ketgan. Buning oqibatida kuyish jarohatlaridan 20 kishi hayotdan ko‘z yumgan», — deb yozgan «Tiempo» nashri.

Dushanba kuni Kolumbiya shimolidagi Pueblovexo munitsipalitetida «benzovoz» ag‘darilib ketgan. Kanistr ko‘targan olomon avtotsisterna atrofida to‘plana boshlagan, birdan portlash sodir bo‘lgan.

Nashrning xabariga ko‘ra, 20 kishi vafot etgan, tanasining 80-90 foizi kuyib qolgan 39 nafar kishi Valedupar, Barrankilya va Bogota shifoxonalariga yotqizilgan, 7 kishidan darak yo‘q. Ular portlash natijasida yonib ketgani taxmin qilinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring