Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq ittifoqni parchalashda qatnashgan Belarus rahbari vafot etdi

Sobiq ittifoqni parchalashda qatnashgan Belarus rahbari vafot etdi

Mustaqil Belarusning birinchi rahbari Stanislav Shushkevich 87 yoshida vafot etgan. Bu haqda rus nashrlari xabar tarqatgan.

Shushkevich sovet ittifoqi va Belarusning davlat va siyosat arbobi bo‘lgan. U 1991-1994 yillarda Belarus oliy kengashi raisi sifatida ishlagan.

1991 yilda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligini tuzishda jonbozlik ko‘rsatgan va sobiq ittifoqni tarqatib yuborishda qatnashgan.

Avvalroq Shushkevich koronavirusga chalingani va kasalxonaning jonlantirish bo‘limida ekani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring