Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq prezident Vladimir Voronin siyosiy faoliyatini yakunladi

Sobiq prezident Vladimir Voronin siyosiy faoliyatini yakunladi

Moldovaning sobiq prezidenti va kommunistik partiya rahbari Vladimir Voronin siyosatdan ketishini e’lon qildi. Bu haqda Eurasia Daily ma’lum qildi.

Siyosatchi partiya raisi lavozimiga o‘z nomzodini ko‘rsatishdan bosh tortgan. Harakatning navbatdagi qurultoyida raislikka uning o‘tmishdoshi saylanishini ta’kidlagan.

«Balki, bu internet orqali amalga oshiriladi, lekin biz bu yil yana partiya qurultoyini o‘tkazamiz. Chunki mening vakolat muddatim tugaganiga bir yildan oshdi», - deydi Voronin.

Vladimir Voronin 27 yil Moldova Kommunistik partiyasini boshqargan. 2021-yil may oyida u o‘zining 80 yoshini nishonladi. Iyul oyida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovlaridan so‘ng, u sobiq prezident Igor Dodon boshchiligidagi sotsialistik partiyani o‘z ichiga olgan chap qanot blokini boshqargan.

Voronin 2001-2009-yillarda mamlakatni boshqargan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring