Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sochidan Toshkentga parvozlar to‘xtatiladi

Sochidan Toshkentga parvozlar to‘xtatiladi

21 maydan «Rossiya» aviakompaniyasi Sochidan Toshkentga parvozlarni to‘xtatadi, 20 maydan esa Moskvadan Toshkentga qarab «Aeroflot» o‘z parvozlarini yo‘lga qo‘yadi.

Ma’lum bo‘lishicha, boshqa aeroportlar faoliyati to‘xtatilgani sababli Sochi aeroportida xalqaro reyslar ko‘payib ketgan. Ayni paytda Sochidan 8 ta xalqaro yo‘nalishda parvozlar bo‘lyapti.

Rossiya va Ukraina nizosi ortidan Rossiya janubi — Rostov, Krasnodar, Anapa, Gelenjike, Elista va Stavropoldagi aeroportlar faoliyatini to‘xtatishgan. Rosaviatsiya boshqa muqobil aeroportlardan foydalanishni tavsiya qilgandi.

«Rossiya» aviakompaniyasining davomchisi bo‘lgan «Aeroflot» O‘zbekistonning Toshkent, Urganch, Buxoro va Samarqand shaharlariga reyslar qo‘yadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring