Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sovuq kunlarda O‘zbekiston Rossiyadan ikki barobar ko‘proq gaz import qilgan

Sovuq kunlarda O‘zbekiston Rossiyadan ikki barobar ko‘proq gaz import qilgan

Joriy yil dekabr oyining ikkinchi o‘n kunligida mintaqa, jumladan, O‘zbekiston hududiga ham sovuq havo oqimi kirib kelgan va joylarda harorat -20 darajaga qadar tushib ketgan edi.

Sovuq kunlarda O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvuri yordamida import qilinayotgan rus gazi kunlik belgilangan rejadan ikki barobar ko‘proqqa oshirilgan. Bu haqda «Gazprom» boshqaruvi raisi Aleksey Miller Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

«O‘zbekistonlik do‘stlarimiz va hamkasblarimiz O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni imzolangan shartnoma bo‘yicha kunlik majburiyatlarimizni ikki barobarga oshirishni so‘rashdi. Ayni paytda, dekabr oyida biz O‘zbekistonga «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvuri orqali yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan maksimal texnik hajmdagi gazni yetkazib beryapmiz», – deydi Aleksey Miller.

U, shuningdek, 7-oktyabrda ochilgan mazkur gaz gaz quvuri orqali rus gazi O‘zbekistonga to‘liq yetkazib berilayotganini aytadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish oktyabr oyidan boshlangan.

«Interfaks» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, «UzGasTrade» AJ va «Gazprom Eksport» MChJ o‘rtasidagi ikki yillik shartnomada kuniga 9 million kub metr yoki yiliga qariyb 2,8 milliard kub metr eksport hajmi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring