Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sportchi ona shahri uchun oziq-ovqatga bir million dollar sarfladi

Sportchi ona shahri uchun oziq-ovqatga bir million dollar sarfladi

Foto: Emiliano Sordi/Twitter.com

MMA jangchisi, argentinalik Emilyano Sordi jonajon Rio-Kuarto uchun bir million dollar sarfladi. Sportchi bu pulga mahalliy aholi uchun oziq-ovqat sotib olgan.

O‘tgan yili Sordi Professional jangchilar ligasida g‘olib chiqqandi. Chempion bo‘lgani uchun bir million dollar mukofot pulini qo‘lga kiritdi. Biroq jangchi bu pulni o‘z ehtiyojlariga sarflab yubormasdan, ona shahrida istiqomat qilayotgan odamlarga yordam berishga qaror qildi.

Rio-Kuarto aholisi 184 ming kishidan iborat. O‘sha yerda tug‘ilib o‘sgan sportchi Professional jangchilar ligasida chempion bo‘lganda ko‘z oldiga shahar sharoitini keltirdi. Sordining ta’kidlashicha, mahalliy aholiga juda qiyin, iqtisodiy vaziyat achinarli ahvolda. U koronavirus tufayli joriy etilgan karantin sharoitida aholiga oziq-ovqat tarqatdi. Boshida kuniga 300, keyin esa 3000 kishi yordam oldi, deya xabar berdi «MMA Junkie» portali.

Hozirgi vaqtda sportchi 29 yoshda. O‘zining professional karerasi davomida Sordi ringda 22 marta g‘alaba qozonib, 8 marta mag‘lub bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring