Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Stoltenberg: Hozir biz Ukrainani NATOga qabul qila olmaymiz

Stoltenberg: Hozir biz Ukrainani NATOga qabul qila olmaymiz

Foto: Twitter

Avval xabar berganimizdek, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ishtirokida rejadan tashqari matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. NATO ukrain hududlari Rossiya tomonidan o‘zlashtirib olinishini qoralaydi, biroq alyans — nizolashayotgan tomon emas, ta’kidladi bosh kotib.

Stoltenbergning bugungi matbuot anjumanidan iqtiboslar:

  • NATO to‘rt sub’yektning Rossiya tarkibiga kirishini tan olmaydi.
  • Donetsk, Lugansk, Xerson, Zaporoje, Qrim — bu Ukraina.
  • Har bir demokratik davlat NATOga ariza topshirishga haqli, biroq u yoki bu mamlakatning NATOga a’zolik masalasi alyansning barcha 30 a’zo mamlakati qarori bilan hal bo‘ladi.
  • Hozir biz Ukrainani NATOga qabul qila olmaymiz.
  • Urushishdan to‘xtasa, Ukraina suveren davlat sifatida mavjudligini yo‘qotadi.
  • Agarda yadro qurolini qo‘llasa, Rossiyani «jiddiy oqibatlar» kutyapti.
  • Bu Ikkinchi jahon urushidan buyon Yevropa hududidagi eng yirik anneksiyadir.

Bosh kotib, shuningdek, Donbass, Zaporoje va Xersonning RF tarkibiga kirishi NATOning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasidagi qat’iyatini o‘zgartirmasligini ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring