Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud 30 dan ziyod pensioner ayollarning qotili ustidan hukm chiqardi.

Sud 30 dan ziyod pensioner ayollarning qotili ustidan hukm chiqardi.

Foto: Biznes Onlayn

Tatariston Oliy sudi Rossiyaning turli hududlarida 30 dan ziyod pensioner ayollarni o‘ldirgan «volgabo‘yilik savdoyi» ustidan hukm chiqardi. Qotillikni kasb qilib qolgan Radik Tagirov bir umrga ozodlikdan mahrum etildi.

Sud xabariga ko‘ra, dastlabki o‘n yilni panjara ortida o‘tkazganidan so‘ng, mahkum maxsus rejimli koloniyaga o‘tkaziladi.

Foto: RIA Novosti

Birinchisi 2011-yilda sodir etilgan va keyingi o‘nlab qotilliklarda gumon qilingan Tagirov 2020-yil dekabrida qo‘lga olingandi. Qotilliklar Tataristonga qo‘shni hududlarda sodir etilgan.

Tergov davomida aniqlik kiritilishicha, qotil bo‘lg‘usi qurbonlari (pensioner ayollar) ishonchiga kirish orqali ularning kvartiralariga kirgan va ularni bo‘g‘ib o‘ldirgan. E’tiborli tomoni, qotil qo‘lga olingan zahotiyoq aybiga iqror bo‘lib, jinoyatlari bo‘yicha ko‘rsatma bergan, ammo oradan vaqt o‘tib, aybsizman, deb oyoq tirab olgan. Fevralda prokuror suddan Tagirov uchun bir umrlik qamoq jasosini so‘ragandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring