Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud Donald Trampning bo‘yniga 83,3 million dollarni «ilib qo‘ydi»

Sud Donald Trampning bo‘yniga 83,3 million dollarni «ilib qo‘ydi»

Nyu-York sudi Donald Trampga nisbatan tuhmat va zo‘rlashga urinish ishi bo‘yicha hukm chiqardi. Hakamlar hay’atining yakuniy qaroriga ko‘ra, sobiq prezident jabrlanuvchiga 83,3 million dollar to‘lashi zarur.

Sud qaroriga ko‘ra, Tramp ma’naviy zarar uchun 7,3 million dollar, jabrlanuvchining obro‘siga yetkazilgan zarar uchun 11 million dollar va jazo uchun yana 65 million dollar to‘lashi kerak bo‘ladi. Jami summa yozuvchi Elizabet Jin Kerroll dastlab talab qilgan 10 million dollarlik to‘lovdan 8 baravar ko‘p, deb yozadi The Guardian.

Elle jurnalining sobiq maslahatchisi bo‘lgan Kerrollning aytishicha, Tramp uning obro‘sini «buzib yuborgan».

Suddan keyin yozuvchi nima bo‘lganiga izoh berishdan bosh tortgan. Tramp hukm e’lon qilinganidan so‘ng, qarorni kulgili deb atadi va hukm ustidan shikoyat qilish niyatida ekanligini aytdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring