Sudan BAA bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Sudan Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bilan diplomatik aloqalarni uzdi, bu haqda Sudanning hukmron Suveren kengashi 6-may kuni bayonot berdi.
Sabab — Sudandagi tezkor qurolli kuchlarni BAA qo‘llashdan to‘xtamayotgani.
«Mudofaa va xavfsizlik kengashi BAAni agressor-davlat deb e’lon qilish, diplomatik aloqalarni uzish, elchixona va bosh konsullikni chaqirib olishga qaror qildi», — deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil aprelidan buyon Sudan armiyasi hamda tezkor qurolli kuchlar o‘rtasida janglar davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter