Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudandagi harbiy hujumlar oqibatida 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Sudandagi harbiy hujumlar oqibatida 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi

«news.bigmir.net»

Sudanda G‘arbiy Darfur shtatidagi to‘qnashuvlar oqibatida kamida 43 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi idorasiga asoslanib, Sinxua agentligi ma’lum qildi.

«17 noyabr kuni G‘arbiy Darfurning Jebel Mun hududida arab ko‘chmanchilari va Misseriya Jebel fermerlari o‘rtasida mojaro kelib chiqdi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda.

«Kamida 43 kishi halok bo‘ldi, 46 qishloq punkti yondirildi va talon-toroj qilindi, ko‘plab odamlar yaralandi», deya qo‘shimcha qilgan Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi.

Eslatib o‘tamiz, 25 oktabr kuni Sudanda harbiy to‘ntarish sodir bo‘lgan edi. Harbiylar mamlakat bosh vaziri Abdulla Hamduka, to‘rt vazir va Xartum shtati rasmiylarini hibsga oldi. Armiya mamlakat poytaxti Xartumga barcha kirish yo‘llarini to‘sib qo‘ydi. Shundan so‘ng mamlakatda to‘qnashuvlar boshlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring