Suriya burgutni qirg‘iyga almashtirdi

Suriya yangi gerbini tasdiqladi: endi unda qanotlari yoyilgan qirg‘iyni va uning boshi ustida qora fondagi uch yulduzni ko‘rish mumkin.
«Olis-olis zamonlarda ko‘p odamlar yashagan shahar haqida ertak tug‘ilgan. O‘shandan ibtidoiy tarix poydevori qo‘yilgan, odamlar yanada gavjumlasha boshlagach, tartib-qoidalarga ehtiyoj paydo bo‘ldi, shu tariqa hayot qoidalari yozila boshlandi va insoniyatga ma’lum birinchi poytaxt — Damashq bunyod etildi», — dedi Suriyaning yangi prezidenti Ahmad ash-Shar’a taqdimotdagi nutqida.
Suriyaning eski gerbida ko‘ksi qalqon bilan to‘silgan burgut tasvirlangan, qalqonda mamlakatning ikki yulduzli bayrog‘i bor edi. Qush changalidagi tasmada «Suriya Arab Respublikasi» deb yozilgandi.

Foto: Wikipedia
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter