Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriyada IShID yetakchisi qo‘lga tushgani e’lon qilindi

Suriyada IShID yetakchisi qo‘lga tushgani e’lon qilindi

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyada o‘tkazilgan operatsiya davomida IShID guruhining yuqori martabali yetakchisini qo‘lga oldi.

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ma’lumki, koalitsiya Suriya shimolida maxsus desant operatsiyasini amalga oshirgan.

Boshqa tafsilotlar hozircha keltirilmagan.

Ancha avval AQSh Davlat departamenti Afg‘oniston va Pokistondagi «Xuroson viloyati» (IShID bo‘limi) yetakchisi Shahab al-Muhojirning qo‘lga olinishi yoki joylashgan joyini aniqlashga yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot va’da qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring