Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv ayig‘i: bo‘yi 1 mm.dan qisqa, lekin yer yuzidagi eng kuchli hayvon

Suv ayig‘i: bo‘yi 1 mm.dan qisqa, lekin yer yuzidagi eng kuchli hayvon

Foto: «Xronoton»

«Tardigrada» yoki suv ayig‘i nomini olgan bu jonivor dunyodagi eng mitti hayvon hisoblanib, bo‘yi 0,5 mm.dan sal oshadi. Uning 8 ta tirgagi (oyog‘i) bo‘lib, har birining uzunligi turlicha. U suvda ham, quruqlikda ham yashay oladi. Janubiy va shimoliy qutblarni makon tutgan. U yog‘och, bakteriyalar va go‘sht yeb kun kechiradi. Bu haqda «Akhbaralaan.net» sayti xabar bergan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu jonivor juda issiq haroratda ham yashay oladi. Juda bardoshli.

Suv ayig‘i suvda qanday yashay olsa, quruqlikda ham suvsiz ancha kun yashay olar ekan. Eng muhimi u suvdagi bakteriyalarni yeb bitirishidir.

Olimlar kelajakda bu jonivordan foydalanib, barcha suv havzalaridagi bakteriyalarga qarshi kurashmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring