Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli diplomat tantanali nutq paytida vafot etdi (video)

Taniqli diplomat tantanali nutq paytida vafot etdi (video)

Saudiya Arabistonining taniqli diplomati Muhammad al-Qahtoniy Misr poytaxtida bo‘lib o‘tgan Arab-Afrika konferensiyasida nutq so‘zlayotgan paytda vafot etdi. Tahiamasr.com nashri xabar berishicha, u kutilmaganda hushini yo‘qotib, yiqilgan.

Portalning aniqlik kiritishicha, shifokorlar unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga uringan, biroq diplomat hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. Uning yonida rafiqasi ham bor edi. Al-Qahtoniyning o‘limi sabablari hozircha ma’lum emas.

Diplomat vafoti munosabati bilan tadbir bekor qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring