Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli qo‘shiqchi AQSh prezidentining taklifini rad etdi

Taniqli qo‘shiqchi AQSh prezidentining taklifini rad etdi

Taniqli aktrisa, qo‘shiqchi, di-jey, teleboshlovchi Peris Xilton AQSh prezidenti Jo Baydenning taklifiga rad javobini bergan. Bu haqda uning o‘zi aytib bergan.

Uning aytishicha, Bayden o‘tgan oyda aktrisani dunyo yetakchilari yig‘iladigan bazmga taklif qilgan, ammo pop qirolichasi Britni Spirsning to‘yi bilan bir kunga to‘g‘ri kelib qolgani uchun Xilton Oq uyni rad etgan.

Bu haqda Peris Xilton 2 iyul kuni bergan intervyusida aytgan.

O‘tgan oyda Britni Sem Asgariga turmushga chiqqan. Xilton va Spirs qalin dugona bo‘lgani uchun to‘yda Peris di-jeylik qilgan. To‘yda, shuningdek, boshqa mashhurlar ham qatnashgan: Madonna, Dryu Berrimor, Donatella Versache, Selena Gomes.

Versache, Xilton, Spirs, Madonna, Gomes, Berrimor
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring