Taniqli teleboshlovchi Isroil hujumidan halok bo‘ldi
Suriya hukumati seshanbaga o‘tar kechasi Isroilning Damashqqa bergan zarbalari natijasida uch kishi, jumladan, mamlakatning taniqli teleboshlovchisi Safo Ahmad halok bo‘lgani haqida xabar berdi.
«[Сурия] radio va televideniye bosh boshqarmasi boshlovchi Safo Ahmad Isroilning poytaxt Damashqqa xoin agressiyasi ortidan shahid bo‘lganini e’lon qiladi», — deyiladi CNN xabarida.
Suriya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar bosib olingan Golan tepaliklaridan uchirilgan samolyotlar va uchuvchisiz qurilmalar yordamida amalga oshirilgan.
«Bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz tajovuzkorning raketalari va dronlarining aksariyatini urib tushirdi», — deyiladi Suriya rasmiylari xabarida.
Rasmiylarga ko‘ra, to‘qqiz kishi jarohatlangan.
Isroil armiyasi CNN telekanaliga xabarlariga izoh berishni istamagan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil ushbu kechada Livan hududiga quruqlikdan bostirib kirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter