Tarixiy parvoz amalga oshdi!
30-may kuni (Toshkent vaqti bilan 31-may soat 00:22 da) AQShning Florida shtatidagi Kanaveral burnidan bortida ikki nafar astronavt bo‘lgan «SpaceX Crew Dragon» kemasi fazoga muvaffaqiyatli uchirildi.
AQSh 9 yildan beri ilk marta fazoga insonni uchirdi (shu paytgacha Rossiya kosmik kemalaridan foydalanib kelardi).
Parvozning yana bir ahamiyatli tomoni bu xususiy kompaniya tomonidan ilk marta insonning fazoga uchirilishidir.
«Crew Dragon» kemasi Elon Maskning «SpaceX» kompaniyasiga qarashli. Astronavtlar — Daglas Xerli va Robert Benken.
Kemani fazoga olib chiqqan «Falcon 9» raketa-tashuvchilari Atlantika okeanidagi platformaga kelib qo‘ngan. Astronavtlar o‘tirgan kema esa orbitaga muvaffaqiyatli chiqib olgani haqida NASA saytida xabar berildi. Kema Xalqaro kosmik stansiya bilan 19 soatdan so‘ng birlashadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan chorshanba kuni ob-havoning noqulay kelishi sababli ushbu parvoz startga 17 daqiqa qolganida bekor qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter