Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tayvanlik ovchi qariyb 90 ming dollarlik baliq tutdi

Tayvanlik ovchi qariyb 90 ming dollarlik baliq tutdi

Foto: Focus Taiwan

Tayvanlik baliqchining qarmog‘iga ulkan tunets ilindi, deb xabar berdi Need To Know.

48 yoshli Lin Itszyun baliqni tutganidan so‘ng o‘zini «lotereyada jek-pot yutgandek» his etganini aytdi. Chunki uning qarmog‘iga birinchi marta bunday ulkan baliq ilindi.

216 kiloli baliq qiymati 67 ming funt sterling (taxminan 88 ming dollar)ga yetishi mumkin. Garchi narx hozircha tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, baliqchi kimoshdi savdosida yanada ko‘proq pul ishlashga umid qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring