Tehron yaqinidagi suv ombori deyarli qurib qoldi

Tehron yaqinidagi suv ombori deyarli butunlay qurib qoldi — sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar buni tasdiqlamoqda.
Yaqinda Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Zenjon viloyatidagi yig‘ilishda qatnashib, agar poytaxtda suv iste’moli ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilmasa, avgust yoki sentyabrda shahardagi suv omborlari butunlay qurib bitishini aytgandi.
Ta’kidlanishicha, mamlakatda suv resurslari boshqaruvi samarasiz, universitetlar va soha mutaxassislarining tadqiqotlariga ko‘ra, amaldagi me’yorlar va qoidalar suv sarfining faqat o‘sishini rag‘batlantiradi va vaziyatni yanada og‘irlashtiradi.
«Ertaga ichimlik suvimiz ham qolmaydigan kun kelishi mumkin», — degandi Pezeshkiyon iyulning so‘nggi sanasidagi nutqida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter