Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Temu onlayn-do‘koni Qirg‘izistonda ish boshlamoqchi

Temu onlayn-do‘koni Qirg‘izistonda ish boshlamoqchi

Temu Qirg‘iziston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tish va mahalliy qonunlar asosida faoliyat yuritish niyatida.

Xabar qilinishicha, Qirg‘iziston Davlat soliq xizmatida Temu platformasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

«Asosiy muhokama mavzusi platformani ro‘yxatdan o‘tkazish va uning Qirg‘iziston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq faoliyati haqida bo‘ldi. Ishtirokchilar elektron tijoratni huquqiy tartibga solish yuzasidan fikr almashdilar va onlayn savdolarda soliq shaffofligini ta’minlashga qaratilgan o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini muhokama qildilar», – deb yozadi «Kg24» o‘z manbalriga tayanib.

Ta’kidlanishicha, Temu Qirg‘iziston qonunchiligiga rioya qilishga qiziqish bildirgan va o‘z faoliyatini mamlakatda rasman ro‘yxatdan o‘tkazish niyatini tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, Temu  –Xitoyning mashhur onlayn-do‘koni bo‘lib, platforma PDD Holdings tarkibiga kiruvchi Whaleco Technology Limited tomonidan boshqariladi. 

Bir muddat oldin esa Yevroittifoq «Temu»ni noqonuniy va xavfli mahsulotlar sotishda ayblab, platformada iste’molchilar uchun noqonuniy va xavfli mahsulotlar mavjudligi, foydalanuvchilar yetarlicha himoyalanmagani hamda maxfiy xaridorlar orqali o‘tkazilgan tekshiruvlar mavjud muammolarni tasdiqlaganini bildirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Temu» platformasi joriy yilning 20-martidan e’tiboran O‘zbekistonda bloklangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring