Terrorchilar rahbari o‘zini o‘ldirdi
Nigeriyada «Islom davlati G‘arbiy Afrika viloyati» (sobiq «Boko Haram») terrorchilik guruhi rahbari Abubakar Shekau o‘zini o‘ldirdi, deb yozmoqda «Wall Street Journal».
Shekauning o‘limi Nigeriya hukumati va terrorchilar guruhi tomonidan hozircha rasman tasdiqlangan emas. Nashr bu xabarni bir necha nigeriyalik amaldorga hamda jangarilarning telefon so‘zlashuvlarini «tutib olgan» maxsus xizmatga asoslanib tarqatdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Abubakar Shekau boshqa bir jangarilar to‘dasiga qarshi jangda dushman qo‘liga tiriklay tushmaslik maqsadida o‘zini o‘ldirgan. «RIA Novosti» xabariga ko‘ra, o‘sha jangda Abubakarning o‘g‘li ham og‘ir jarohat olib halok bo‘lgan.
Niger, Kamerun, Chad kabi mamlakatlar qurolli kuchlari zarbalariga javoban amalga oshirilgan aksariyat qo‘poruvchilik harakatlarining ortida Shekau boshchiligidagi jangarilar to‘dasi turgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter