Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TikTok ma’lumotlarni Xitoy bilan baham ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin – Irlandiya komissiyasi

TikTok ma’lumotlarni Xitoy bilan baham ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin – Irlandiya komissiyasi

Irlandiyaning ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha komissiyasi Xitoyning ByteDance kompaniyasini (TikTok egasi) Yevropa Ittifoqining shaxsiy ma’lumotlar qoidalarini buzgani uchun 530 million yevro miqdorida jarimaga tortdi.

Reuters xabariga ko‘ra, ByteDance xitoylik xodimlarning Yevropa Ittifoqi foydalanuvchilari ma’lumotlariga kirishini cheklaganini isbotlay olmagan. Yevropa qonunchiligiga ko‘ra esa ma’lumotlar mintaqada saqlanishi lozim.

Kompaniyaga olti oy ichida ma’lumotlarni qayta ishlashni Yevropa Ittifoqi qonunlariga muvofiqlashtirish buyurildi.

ByteDance vakillari qarorga qarshi chiqish niyatida. Ularning ta’kidlashicha, qarorda 2023 yilda joriy qilingan xavfsizlik choralari hisobga olinmagan.

Kompaniya tushuntirganidek, Yevropa Ittifoqi foydalanuvchilari ma’lumotlari Yevropa va Qo‘shma Shtatlardagi maxsus ma’lumotlar markazlarida saqlanadi va ByteDance hech qachon Xitoy rasmiylaridan ushbu ma’lumotlarga kirish uchun so‘rov olmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring