Tojikiston 2037-yildan to‘liq «yashil» energetikaga o‘tmoqchi
Tojikiston 2037-yildan elektr enegriyasini faqat «yashil» energetika asosida ishlab chiqarmoqchi. Bu haqda mamlakat prezidenti Emomali Rahmon ma’lum qildi.
Emomali Rahmon Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Suv 2018–2028-yillarda barqaror rivojlanish uchun» Harakatlar o‘n yilligi bo‘yicha yuqori darajadagi uchinchi xalqaro konferensiya ochilish marosimida so‘zga chiqdi.
«Bizning yana bir maqsadimiz — 2037-yilga borib Tojikistonni «yashil» mamlakatga aylantirishdir», — dedi qo‘shni davlat rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter