Tojikiston Markaziy Osiyoda koronavirusdan o‘lganlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

Joriy yilning 17-mayiga kelib Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar 1524 taga yetgan. Qurbonlar soni esa 39 nafarni tashkil qilmoqda.
Ammo Tojikistonda ishga tushgan norasmiy kvtj.info saytiga ko‘ra, qurbonlar soni 244 nafardir. Mamlakatda ushbu sayt allaqachon bloklangan.
Mintaqaning boshqa davlatlarida qurbonlar soni quyidagicha: Qozog‘iston - 34, O‘zbekiston -12, Qirg‘iziston - 14.
Turkmanistonda rasman koronavirus qayd etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda koronavirus yuqtirish holati 30-aprel kuni rasman tasdiqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter