Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston va Qirg‘iziston chegara masalasida nihoyat kelishuvga erishdi

Tojikiston va Qirg‘iziston chegara masalasida nihoyat kelishuvga erishdi

Bugun, 13 mart kuni Bishkek shahrida Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan chegara to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

Shartnomaga ko‘ra, ikki mamlakat teng qiymatga ega bo‘lgan munozarali hududlar bilan almashgan va chegarani aniq belgilash bo‘yicha kelishuvga erishgan. Mazkur chegaraning uzunligi 980 km bo‘lib, muzokaralar 2002 yildan beri olib borilgan. Bu masala ko‘p ziddiyatlarga sabab bo‘lgan va mahalliy axoli va harbiylar o‘rtasida to‘qnashuvlarga sabab bo‘lgan.

«Bugun biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi chegara bo‘yicha tarixiy qaror qabul qilyapmiz», – dedi Emomali Rahmon.

Shuningdek, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘zaro havo qatnovini tiklash borasida ham kelishuvga erishgan.

Ikki davlat o‘rtasidagi chegara mojarolar tufayli 2021-yilda yopilgan havo qatnovlari joriy yil 14-mart kunidan boshlab qayta tiklanadi. Ma’lum qilinishicha, havo qatnovlari «Dushanbe – Bishkek» va «Bishkek – Xo‘jand» yo‘nalishlarida tashkil qilinadi.

Bundan tashqari, chegaradosh hududlarida avtobus qatnovlari ham yo‘lga qo‘yilayotgani ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring