Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston Xalqaro jinoyat sud a’zoligidan chiqib ketishi mumkin

Tojikiston Xalqaro jinoyat sud a’zoligidan chiqib ketishi mumkin

Foto: Fokus

Tojikiston parlamentining quyi palatasi "Xalqaro jinoyat sudi (XJS) nizomini bekor qilish to‘g‘risida"gi qaror loyihasini ko‘rib chiqdi.

Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi. Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan aniq qaror ochiqlanmagan.

Yurisdiksiyasiga urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar kiradigan Xalqaro jinoyat sudi 1998 yilda Rimda qabul qilingan xalqaro shartnoma asosida tashkil etilgan. Sud tashkil etilganidan beri uning ishtirokchisi sifatida Tojikiston sud qarorlariga rioya qilishga majburdir.

2023-yil mart oyida XJS Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombdusmani Mariya Lvova-Belovani bir qator xalqaro jinoyatlarda ayblab, hibsga olish orderini chiqardi. Shu bilan birga, sud kotibiyati ularni hibsga olish to‘g‘risida barcha a’zo davlatlarga so‘rov yubordi. Biroq, 2025 yilda Vladimir Putinning Dushanbega davlat tashrifi davomida mamlakat rasmiylari ushbu qarorni bajarishdan bosh tortdilar.

Natijada Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Tojikiston o‘z majburiyatlarini bajarmaganini e’lon qilishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring