Tojikistonda o‘tkazilayotgan xalqaro kitob yarmarkasida o‘zbekistonlik noshirlar ham qatnashmoqda

3-6 oktyabr kunlari Dushanbeda XI xalqaro kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada har qanday tanlov uchun yuzlab kitoblar o‘rin olgan – bolalar kitoblaridan tortib, ilmiy-adabiy, tibbiyot, sharqshunoslik, dinshunoslik va tilshunoslikka oid jiddiy asarlargacha, deb xabar beradi tj.sputniknews.ru.
Tojikistonning yirik nashriyotlaridan tashqari, adabiyotlar ko‘plab xorijiy nashriyotlar tomonidan taqdim etilgan. Eng katta va e’tiborga loyiq ko‘rgazma Eron va Rossiya tomonidan namoyish etildi.
«Har yili biz mamlakatning siyosiy faoliyati haqida 10-15 mingga yaqin kitoblarni nashr etamiz. Eng yaxshi tomoni shundaki, o‘quvchilarning ushbu adabiyotlarga e’tibori ortib bormoqda. Yoshlar siyosiy kitoblarga, ayniqsa, millat yetakchisi haqidagi kitoblarga katta qiziqish bildirmoqda, – deydi Tojikistondagi «Irfon» nashriyot-matbaa ijodiy uyi vakili Layli Fayziddin «MIR 24» muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda.
Ushbu ko‘rgazmada o‘zbekistonlik noshirlar ham ishtirok etmoqda.
«Bunday ko‘rgazmalar munosabatlarimizni yaxshilashga turtki bo‘ladi. Biz bu yerda nafaqat kitoblarni taqdim etamiz, balki matbaa sohasidagi tajribalarimiz bilan o‘rtoqlashamiz, – deydi «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi tahririyati rahbari Muhiddin Omonov o‘z intervyusida.
Ko‘rgazmadan 40 mingdan ortiq turli xil, madaniyatlarni birlashtiruvchi to‘rt ming nomdagi kitoblar o‘rin olgan. Bu esa kitoblar hech qachon o‘z o‘quvchilarini yo‘qotmasligini anglatadi.
Ko‘rgazma uch kun davom etadi. Bu vaqt davomida ishtirokchilar nafaqat ko‘rgazma bilan tanishadilar, balki turli mamlakatlardan mahorat darslari va seminarlar o‘tkazish uchun kelgan taniqli shoir va yozuvchilar bilan ham uchrashadilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter